30 kun bepul do'kon ulangan kundan boshlab

Uzum'dagi do'koningizning haqiqiy sof foydasini biling

SellAgent har bir sotuvni komissiya, logistika, soliq va tannarx bilan hisoblaydi. Qancha topayotganingiz, qaysi mahsulot zarar keltirayotgani va nimani qayta buyurtma qilish kerakligi — bir qarashda.

Karta talab qilinmaydi2 daqiqada ulanadiTo'liq o'zbek tilida
100+
sotuvchi foydalanmoqda
70+
Uzum do'koni ulangan
91 000+
buyurtma tahlil qilingan
15 daq
har 15 daqiqada avtomatik yangilanadi
Tanish holatmi?

Uzum kabineti tushumni ko'rsatadi.
Foydani esa — yo'q.

Savdo o'syapti, lekin pul qayerga ketyapti? SellAgent sotuvchilar har kuni duch keladigan muammolarni bitta joyda hal qiladi.

Muammo

Tushum ≠ foyda

Komissiya, logistika, soliq va tannarx ayirilgach qancha qolishi Excel'da soatlab hisoblanadi.

Har bir sotuvning sof foydasi avtomatik
Muammo

Taymslot topib bo'lmaydi

FBO omborga topshirish uchun bo'sh slotni kun bo'yi kuzatib, sahifani yangilab o'tirasiz.

Bo'sh slot chiqishi bilan avto-band
Muammo

Muhim narsalar o'tib ketadi

Aksiya muddati tugaydi, tovar qoldig'i nolga tushadi, sharhlar javobsiz qoladi.

Telegram'ga o'z vaqtida eslatma
Imkoniyatlar

Do'koningizni boshqarish uchun hammasi

Uzum sotuvchisi uchun maxsus yaratilgan — o'zbek tilida, sizning raqamlaringiz bilan.

Sof foyda dashboard

Tushum, Uzum to'lovi va sof foyda — kunma-kun, har bir do'kon bo'yicha yoki hammasi birga.

Mahsulot tahlili

Har bir mahsulotning ROI'si, marjasi va tannarxi. Zarar keltirayotgan tovarlarni darhol ko'rasiz.

ABC tahlil va xarid rejasi

Qaysi tovar pul topadi, qaysi biri omborda yotibdi va nimani qancha qayta buyurtma qilish kerak.

FBO taymslot avto-band

Kerakli sana oralig'ida bo'sh slot ochilishi bilan nakladnoyingiz uchun o'zi band qiladi.

Aksiyalar boshqaruvi

Mahsulotlarni aksiyaga qo'shish, bir aksiyadan boshqasiga ko'chirish va tugashidan oldin eslatma.

Sharhlarga avto-javob

Mijozlar sharhlarini bir joyda o'qing va tayyor shablonlar bilan avtomatik javob bering.

Raqobatchilar va bozor

Raqobatchilarning narxi, sotuvlari va reytingini kuzating, bozordagi talabni o'rganing.

Telegram hisobot

Har kuni ertalab kechagi natijalar, kam qolgan tovarlar va slot eslatmalari — to'g'ri Telegram'ingizga.

Bekor va yo'qolgan tovarlar

Bekor qilish sabablari tahlili va omborda yo'qolgan tovarlar uchun tayyor da'vo hujjatlari.

Qanday ishlaydi

3 qadam — va raqamlaringiz tayyor

Ro'yxatdan o'ting

Login va parol yarating, Telegram orqali tasdiqlang — bir daqiqa ham ketmaydi.

Do'koningizni ulang

seller.uzum.uz → Sozlamalar → API bo'limidan tokenni olib qo'ying. Shu token ostidagi barcha do'konlar qo'shiladi.

Natijani ko'ring

Sotuvlar, mahsulotlar va moliya avtomatik yuklanadi. Tannarxni kiritsangiz — sof foyda aniq chiqadi.

Telegram'da

Do'koningiz holati — har kuni ertalab cho'ntagingizda

Saytga kirmasangiz ham, eng muhimini bilib turasiz — @SellAsist_bot orqali.

  • Kechagi sotuv, tushum, Uzum to'lovi va sof foyda
  • Qoldig'i tugayotgan tovarlar haqida ogohlantirish
  • Slot band qilinganda va topshirish kuni eslatma
  • Aksiya tugashidan bir kun oldin xabar
🔐 Tokenlar shifrlanganUzum kalitlari va parollar bazada shifrlangan holda saqlanadi.
👤 Ma'lumot faqat siznikiHar bir sotuvchi faqat o'z do'konlarini ko'radi — hech kim bilan aralashmaydi.
🔄 Avtomatik yangilanadiHar 15 daqiqada Uzum'dan yangi ma'lumot olinadi, siz hech narsa qilmaysiz.
Narxlar

Avval 30 kun bepul sinab ko'ring

Sinov birinchi do'koningizni ulagan kundan boshlanadi. Yoqsa — qulay tarifni tanlaysiz.

1 oy
300 000 so'm
har oy
Bepul boshlash
3 oy−10%
810 000 so'm
900 000 so'm
oyiga 270 000 so'm
Bepul boshlash
6 oy−20%
1 440 000 so'm
1 800 000 so'm
oyiga 240 000 so'm
Bepul boshlash
Eng yaxshi narx
1 yil−30%
2 520 000 so'm
3 600 000 so'm
oyiga 210 000 so'm
Bepul boshlash

💳 To'lov karta orqali: tarifni tanlaysiz, o'tkazasiz va chekni yuklaysiz — obuna avtomatik uzayadi.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Javob topmadingizmi? Ro'yxatdan o'tgach, saytdagi «Fikr bildirish» tugmasi orqali yozing.

SellAgent qanday ishlaydi?

Uzum'ning rasmiy sotuvchi API'si orqali sotuvlar, mahsulotlar va moliya ma'lumotlarini har 15 daqiqada oladi. Har bir buyurtmani komissiya, logistika, soliq va siz kiritgan tannarx bilan hisoblab, haqiqiy sof foydani ko'rsatadi.

Do'konimni qanday ulayman?

seller.uzum.uz → Sozlamalar → API bo'limidan tokenni olib, SellAgent'dagi «Do'konlar» sahifasiga qo'yasiz. Shu token ostidagi barcha do'konlar avtomatik qo'shiladi — 1–2 daqiqa.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Ha. Tokenlar va parollar bazada shifrlangan holda saqlanadi, har bir sotuvchi faqat o'z do'konlarini ko'radi. Ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Bepul sinov qanday ishlaydi?

30 kunlik bepul sinov birinchi do'koningizni ulagan kundan boshlanadi. Karta talab qilinmaydi — sinov tugagach tarifni tanlab davom ettirasiz.

To'lov qanday amalga oshiriladi?

Saytdagi «Obuna» bo'limida tarifni tanlaysiz, ko'rsatilgan kartaga pul o'tkazasiz va chek rasmini yuklaysiz. Chek tasdiqlangach obuna avtomatik uzayadi va Telegram'ga xabar keladi.

Bir nechta do'konim bor — bo'ladimi?

Ha. Bitta akkauntga bir nechta do'kon ulanadi: dashboard'da ularni alohida yoki hammasini birga ko'rasiz.

Taymslot avto-band nima?

FBO omborga topshirish uchun kerakli sana oralig'ini belgilaysiz — bo'sh slot ochilishi bilan SellAgent uni nakladnoyingiz uchun o'zi band qiladi va Telegram'ga xabar beradi. Buning uchun seller.uzum.uz kabinet logini ulanadi.

Do'koningiz raqamlarini bugunoq ko'ring

Ro'yxatdan o'ting, do'koningizni ulang — 30 kun davomida barcha imkoniyatlardan bepul foydalaning.

Bepul boshlash →